1 Iyun 2023 1086

Svetlana Osipova jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

Taekvondochimiz Svetlana Osipova Bokuda oʻtayotgan jahon chempionatida +73 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz murosasiz kechgan hal qiluvchi bellashuvda turkiyalik Nafiya Kushga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor boʻldi.

Taʼkidlash joiz, shu paytgacha oʻzbek sportida hech bir taekvondochi qizimiz ketma-ket ikki bor jahon chempionatlarining finaliga yoʻl olmagan edi. Ushbu natija orqali Osipova jahon va Parij-2024 Olimpiadasidasi reytingidagi oʻrnini yanada mustahkamlab olmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech