1 Iyun 2023 629

Final oldidan final: Osipova yarim finalda kimga qarshi jang qiladi?

Yana birozdan soʻng jahon chempionatining toʻrtinchi kun bellashuvlaridan oʻrin olgan final janglariga start beriladi. Unda +73 kg vazn toifasida amaldagi jahon chempioni, hamyurtimiz Svetlana Osipova buyuk britaniyalik Byanka Kukka qarshi bahs olib boradi.

Byanka Kuk 1991-yil tavallud topgan. 2015, 2017 va 2019-yilgi jahon chempionatlarida +73 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, uning hisobida Rio-2016 va Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining bronza medallari ham bor.

Koʻrib turganingizdek, qurʼa yarim finalda soʻnggi 4 jahon chempionatining gʻoliblarini oʻzaro toʻqnash qilmoqda. Boʻlajak bellashuvda yurtdoshimizga omad tilaymiz!

Text to speech