9 May 2021 1830

Buxorolik faxriylarga ehtirom ko‘rsatildi

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bir qator xayrli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday ishlardan biri Buxoro viloyati faxriylari uchun tashkil etildi.

Buxoro viloyatida ham umrining katta qismini o‘zbek sporti rivoji uchun baxshida etgan fidoyilarni uchratish mumkin. Viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda MOQning hududiy vakillari bayram munosabati bilan buxorolik faxriylarning holidan xabar olib, ularga esdalik sovg‘alarini taqdim qilishdi. Ular orasida Bolta G‘afforov, G‘ulom Vafoyev, Islom Shodiyev, Mansur Qodirov kabi 11 nafar faxriylarni keltirib o‘tish mumkin.

O‘z navbatida, faxriylarimiz bunday eʼtibordan mamnun bo‘lib, davlatimiz rahbari va hukumatimizning ularni qo‘llab-quvvatlashayotganidan minnatdor ekanliklarini bildirib o‘tishdi.

Text to speech