9 May 2021 1836

Qoraqalpog‘istonda ommaviy musobaqalar va xotira turnirlari o‘tkazilmoqda

Shu kunlarda butun Respublikamiz bo‘ylab “Sportni sev, sport bilan yasha!” ommaviy musobaqasi qatorida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ko‘plab sport tadbirlari tashkil etilmoqda. Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublika vakillari ham ancha faolligini taʼkidlab o‘tish joiz.

Rejaga ko‘ra, hozir ushbu hududda “Sportni sev, sport bilan yasha!” musobaqasi doirasida mini-futbol oyligi bo‘lib o‘tmoqda. Hozirda Respublikaning Qonliko‘l, Beruniy, Bo‘zatov, Kegeyli va Amudaryo tumanlari, Nukus shaharlarida saralash bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Taʼkidlash joiz, hozirgi ob-havoning ham qulay bo‘lib turgani mini-futbol shinavandalari uchun qo‘l kelmoqda.

Shuningdek, Respublika yoshlari 9 may – Xotira va qadrlash kuni doirasida tashkil etilayotgan tadbirlarda ham ancha faol. Ahamiyatlisi, Amudaryo tumanida shaxmat-shashka bo‘yicha o‘tgan ana shunday musobaqalardan biri ko‘zi ojiz 1-2 toifa nogironlari o‘rtasida tashkil etildi. Shuningdek, qator tuman va shaharlaridagi BO‘SM va boshqa sport obyektlari ana shunday tadbirlar bilan gavjum.

Text to speech