27 May 2023 831

Adham Ikramov Xorazmdagi “Besh tashabbus olimpiadasi” bellashuvlariga tashrif buyurdi

Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov hamda MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatida xizmat safarida boʻldi. Safar davomida mutasaddilar viloyatdagi ommaviy sport targʻiboti boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Xususan, ishchi guruh Xiva, Gurlan va Yangibozor tumanlaridagi sport maktablariga tashrif buyurib, hududlardagi sport maktablarining faoliyatini oʻrgandi. Vazir tumanlarda boʻlib oʻtayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning stol tennisi musobaqalari oʻtayotgan majmuada boʻlib, bellashuvlarni shaxsan kuzatdi, ishtirokchilar bilan samimiy suhbatlashdi.

Tashrif davomida viloyat yoshlar siyosati va sport boshqarmasi mutasaddilari bilan oʻtgan uchrashuvda hududlardagi moddiy-texnik bazani yanada yaxshilash, ommaviy sport targʻibotini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha tavsiyalar berildi.

Text to speech