27 May 2023 1242

Bokschilarimiz Xabarovskadagi xalqaro turnirda 12 ta medalga sazovor boʻlishdi

Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida boks boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida Konstantin Korotkov xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir oʻz yakuniga yetdi.

Musobaqada erkaklar va ayollar tarkibi bilan qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 12 ta medalga sazovor boʻldi. Vakillarimiz turnir yakuniga koʻra 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi. Jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor boʻlishdi:

Oltin medal:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-54 kg: Nigina Oʻktamova
-75 kg: Aziza Zokirova

Kumush medal:
-50 kg: Feruza Kazakova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-66 kg: Navbahor Hamidova
-75 kg: Alisher Ayubov
-86 kg: Odiljon Aslonov

Bronza medal:
-54 kg: Axtamov Qodirbek
-71 kg: Javlonbek Yoʻldoshev
-71 kg: Aman Konsbekov
-92 kg: Amirshox Samadov

Text to speech