8 May 2021 1943

Qilichbozlarimiz tog‘li yig‘inda

Qilichbozlikning shpaga va sablya yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ayni kunlarda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. Mazkur yig‘in Toshkent viloyatidagi “Yangiobod” bazasida tashkil etilgan.

Mashg‘ulotlar terma jamoa murabbiyi, Olimpiya o‘yinlarining 3 karra chempioni Vladimir Nazlimov boshchiligida olib borilmoqda. Unda Malika Hakimova, Zaynab Dayibekova, Sherzod Mamutov kabi Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanma olgan qilichbozlarimiz va terma jamoaning boshqa vakillari ham ishtirok etishmoqda. Yig‘in 4 may kuni boshlangan bo‘lib, 14 mayga qadar davom etadi.

Text to speech