25 May 2023 1116

Figurali uchish boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida gʻoliblar aniqlandi

Bugun “Humo arena” muz saroyida figurali uchish bo‘yicha mamlakat chempionati o‘z yakuniga yetdi. 23-25-may kunlari o‘tkazilgan musobaqada 30 nafarga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Asosiy eʼtibor yigitlar va qizlar o‘rtasidagi yakkalik dasturiga qaratildi. Unda Azizmurod Shabazov hamda Niginabonu Jamoliddinova eng yuqori ball bilan mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishdi. Musobaqa davomida quyidagi yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlandi:

Yigitlar:

1. Azizmurod Shabazov
2. Timur Zokirov
3. Timur Zayagin

Qizlar:

1. Niginabonu Jamoliddinova
2. Amaliya Sulaymonova
3. Yekaterina Tertichnaya

O‘smir qizlar:

1. Sofiya Vidrina
2. Sevinch Rahimova
3. Kristina Gorshenina

Sport juftligi:

1. Jamshid Toshmuhamedov va Anastasiya Sazanova

Muz ustida raqs:

1. Konstantin Li va Sofiya Buriyeva

Boshlang‘ich klassifikatsiya:

1. Sofiya Lim
2. Ellina Rahmatullayeva

O‘rta klassifikatsiya:

1. Latifaxon Shoisayeva
2. Benazir Baxtiyorova

Yuqori klassifikatsiya:

1. Varvara Korotkova
2. Latifa Davletyarova
3. Darya Sviridova

Text to speech