8 May 2021 1970

Ruslan Kudayevni tabriklaymiz!

Bugun qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Ruslan Kudayev o‘z tavallud ayyomini nishonlashmoqda.

Kudayev Ruslan Ravilyevich 1980 yil 8 may kuni tavallud topgan. Faoliyati davomida ko‘plab xalqaro musobaqalar g‘olib va sovrindori bo‘lgan sportchimiz shpaga yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qilgan. Kudayev 2012 yil London Olimpiadasida ishtirok etgan va hozirda terma jamoamiz tarkibida o‘zi kabi mohir shogirdlar tayyorlamoqda. Ular orasida Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari litsenziati Malika Hakimova Ruslan Kudayev tarbiyalayotgan yoshlarning yetuk namunalaridandir.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Ruslan Kudayevni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech