23 May 2023 977

Nigina Abduraimova “Rolan Garros”dagi ishtirokini boshlaydi

Parij shahrida tennis boʻyicha “Katta dubulgʻa” seriyasiga kiruvchi Fransiya ochiq chempionati – “Rolan Garros” musobaqasining saralash bosqichi bahslari boʻlib oʻtmoqda. Bugun asosiy davra uchun kurash olib borayotgan hamyurtimiz Nigina Abduraimova dastlabki uchrashuvini oʻtkazadi.

Jahon tasnif jadvalida 176-pogʻonada kelayotgan tennischimiz ikkinchi bosqichga yoʻl olish uchun sloveniyalik Tamara Zidanshekka (№110) qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan taxminan 16:00 da start oladi. Bu bahs tennischilarning dastlabki qarama-qarshiligi hisoblanadi.

Text to speech