7 May 2021 1932

Veloshosse bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ilk g‘oliblari aniqlandi

Toshkent viloyatida veloshosse bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati start oldi.

Turnir birinchi kun bahslaridanoq murosasiz kechdi. Jamoaviy vaqt poygasi bo‘yicha 40 km masofaga o‘tkazilgan musobaqada erkaklar o‘rtasida Daniil Yevdokimov, Nikita Stenkavoy, Dmitriy Sirko, Botirjon Ismatovlardan iborat “Dinamo” jamoasi 50:50, yoshlar o‘rtasida esa Samandar Sultonov, Ahmad Yuldashev, Husniddin Shonazarov, Davlatyor Zaribovdan iborat Xorazm viloyati jamoasi 52:59 daqiqa natija bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasidagi juftlik vaqt poygasi 20 km masofaga kechdi. Unda Yanina Kuskova va Madina Qahhorova 28:59 daqiqa natija bilan g‘alaba qozondi. Yosh qizlar o‘rtasidagi bellashuvda esa Anna Kuskova hamda Margarita Misyurina 30:22 daqiqa bilan eng yaxshi natijani qayd etdi.

Musobaqa 8 mayga qadar davom etadi.

Text to speech