7 May 2021 1803

“Sportni sev, sport bilan yasha!”: Jizzaxda stol tennisi bahslari o‘tkazilmoqda

Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Sportni sev, sport bilan yasha!” ommaviy musobaqasida may oyi bahslari ham boshlandi. Reglamentga ko‘ra, ushbu oy Jizzax viloyatida stol tennisi bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Hozirgi paytgacha viloyatning mavjud 13 ta shahar va tumanlarda mahallalar kesimida dastlabki saralash bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Unda g‘alaba qozongan yoshlar dastlab tuman, so‘ng viloyat birinchiligining final bosqichida ishtirok etishlari mumkin. Maʼlumotlarga ko‘ra, shu paytgacha o‘tgan bahslarda 500 nafarga yaqin havaskor sportchilar o‘z omadlarini sinab ko‘rgan. Eʼtiboringizga o‘tkazilgan bellashuvlardan bir qator suratlarni taqdim qilamiz:

Text to speech