5 May 2021 2109

Sportchilarimizning dunyoning turli chekkalarida Olimpiada yo‘llanmalari uchun bahs olib borishmoqda

Bugun sportchilarimiz dunyoning turli chekkalarida Olimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma yoki reyting ochkolarini beruvchi musobaqalarda ishtiroklarini boshlaydilar. Jumladan, baydarka va kanoechilarimiz Tailandning Pattayya shahrida, akademik eshkak eshuvchilarimiz esa Yaponiyaning Tokio shahrida litsenzion musobaqada startga chiqishsa, dzyudochilarimiz Rossiyaning Qozon shahridagi “Katta dubulg‘a” (reyting ochko beruvchi) musobaqasida o‘z ishtiroklarini boshlashadi. E’tiboringizga bugun musobaqada qatnashadigan vakillarimiz haqida ma’lumotni taqdim qilamiz:

Akademik eshkak eshish. Tokio (Yaponiya):
M1x 2000 metr: Mehroj Mamatqulov (06:00)
W1x 2000 metr: Malika Tagmatova (06:40)
LM2x 2000 metr: Shahboz Xolmirzayev va Sobir Saforoliyev (07:00)
LW2x 2000 metr: Luiza Ismoilova va Omadoy Otaqo‘ziyeva (07:30)

Tomosha qilish uchun ushbu matn ustiga bosing.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Pattayya (Tailand):
K1, 500 metr: Arina Tanatmisheva (07:30)
K2, 1000 metr: Shohruh A’zamov va Javohir Nurmatov (08:00)
S2, 1000 metr: Vladlen Denisov va Gerasim Kochnev (08:10)

Tomosha qilish uchun ushbu matn ustiga bosing.

Dzyudo bo‘yicha Qozon “Katta dubulg‘a” turnirida hamyurtlarimizning ilk raqibi:
-60 kg: Sharofiddin Lutfillayev – Meshal Alali (Quvayt)
-60 kg: Dilshod Baratov – Otar Bestayev (Qirg‘iziston)
-66 kg: Artyom Shturbabin – Abdulla Abdujalilov (Rossiya)
-66 kg: Dilshodbek Yo‘ldoshev – Aram Grigoryan (Rossiya)
-52 kg: Sita Qadamboyeva – Alesya Kuznetsova (Rossiya)

Bellashuvlar soat 12:00 dan boshlanadi. Tomosha qilish uchun ushbu matn ustiga bosing.

Text to speech