29 Aprel 2023 1254

Davronova yana bir rekord bilan qitʼa chempionligini qoʻlga kiritdi

Toshkentda U18 yosh toifasida oʻtayotgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatining uchinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi oʻzining dastlabki oltin medallarini qoʻlga kiritdi. Kun davomida atletlarimiz 2 ta oltin va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Musobaqada termamizga ilk oltin medalni iqtidorli sportchimiz Sharifa Davronova keltirdi. Uch hatlab sakrash dasturida hamyurtimiz 13,99 metr natija koʻrsatdi. Bu musobaqa rekordi, shuningdek, 18 va 20 yosh toifalaridagi jahon miqyosida mavsumning eng yaxshi natijasi sifatida qayd etildi.

Termamizning ikkinchi oltin medalini yigitlar oʻrtasida balandlikka sakrash sektorida Devdavs Ismailov keltirdi. Yurtdoshimiz musobaqada 2,06 metr balandlikni zabt etishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, qizlar oʻrtasida 400 metrga toʻsiqlar osha yugurish bahsida Sabina Gʻoibnazarova 1:04.06 soniya bilan bronza medali sohibiga aylandi.

Text to speech