28 Aprel 2023 1170

Ikkinchi kun ham yengil atletikachilarimiz uchta medalga ega chiqishdi

Yengil atletika bo‘yicha Toshkentda o‘tayotgan U18 Osiyo chempionatida ikkinchi kun bellashuvlari yakunlandi. Ushbu kunda ham yosh atletlarimiz terma jamoasimiz hisobiga qimmatli medallarni qo‘shib qo‘yishdi.

Jumladan, kunning birinchi yarmida o‘tgan disk uloqtirish bo‘yicha qizlar o‘rtasida kechgan bahslarda Mahliyo Mahmudova (35.17 m) kumush, Shahzoda Shozodova (32.44 m) bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Emiliya Rudina (1.69 m) ham balandlikka sakrash sektorida bronza medali sohibiga aylandi.

Text to speech