4 May 2021 2048

Akademik eshkak eshuvchilarimizni muhim start kutmoqda

Ertaga Olimpiya o‘yinlarining mezboni Tokio shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo qitʼasi uchun yo‘llanma beruvchi litsenzion musobaqa start oladi. Unda hamyurtlarimiz ham Tokio-2020 yo‘llanmalari uchun kurash olib borishadi.

7 mayga qadar davom etadigan musobaqada 6 nafar vakilimiz ishtirok etadi. Sportchilarimiz tarkibi:

M1x 2000 metr: Mehroj Mamatqulov
LM2x 2000 metr: Shahboz Xolmirzayev va Sobir Saforoliyev
LW2x 2000 metr: Luiza Ismoilova va Omadoy Otaqo‘ziyeva
W1x 2000 metr: Malika Tagmatova

Reglamentga ko‘ra, musobaqaning yakkalik yo‘nalishida 1-5 o‘rin va juftlikda 1-3 o‘rin egalari Olimpiada yo‘llanmalariga ega bo‘lishadi.

Text to speech