28 Mart 2023 1054

Taekvondochilarimiz Usi “Katta dubulg‘a” turniriga yo‘l olishdi

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tunda Xitoyning Usi shahrida o‘tadigan “Katta dubulg‘a” turniriga yo‘l oldi. Ikki bosqichda o‘tadigan ushbu turnirda terma jamoamiz 17 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Dastlab 30-31-mart kunlari saralash, 2-3-aprel sanasida esa final bosqichi o‘tkaziladi.

Qayd etish joiz, bu 2022 yil o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan, biroq pandemiya sabab kechiktirilgan turnir hisoblanadi. Shuningdek, yil yakunida Usi shahrida yana bir “Katta dubulg‘a” musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ahamiyatlisi, har ikki turnir yakuniga ko‘ra, o‘z vaznida eng yuqori ochko to‘plagan 1 nafar sportchi to‘g‘ridan to‘g‘ri Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining yo‘llanmasiga sazovor bo‘ladi. Terma jamoamiz ushbu musobaqada quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar:
-58 kg: Omonjon Otajonov
-58 kg: Nazarali Nazarov
-58 kg: Amirbek To‘rayev
-58 kg: Zafar Karimov
-68 kg: Ulug‘bek Rashitov
-68 kg: Najmiddin Qosimxodjiyev
-68 kg: Diyorbek To‘xliboyev
-68 kg: Niyaz Pulatov
-80 kg: Jasur Jaysunov
-80 kg: Shuhrat Salayev
+80 kg: Nikita Rafalovich

Ayollar:
-49 kg: Zuhra Tojimatova
-49 kg: Madinabonu Mannopova
-57 kg: Madina Mirabzalova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
-67 kg: Feruza Sodiqova
+67 kg: Svetlana Osipova

Text to speech