2 May 2021 2854

Terma jamoalarimizni emlashdan oldingi tekshiruvlar boshlandi

Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan terma jamoalarimizni koronavirusga qarshi emlash oldidan vakillarning salomatligini tahlil qilish bo‘yicha ishlar boshlandi. MOQ qoshidagi RSTIAM mutasaddilari tomonidan ishlab chiqilgan grafik bo‘yicha dastlabki faoliyat gimnastika va sport kurashlari bo‘yicha terma jamoalarimizdan boshlandi.

Mutasaddilar dastavval kurashchilarimizning bazasiga tashrif buyurib, u yerda mashg‘ulot olib borayotgan erkin va yunon-rum kurashchilarimiz, murabbiylar hamda shifokordan qon va PZRga surtma tahlillar olishdi. Kurashchi qizlarimizdan esa 3 may kuni namunalar olish rejalashtirilgan.

Ishchi guruhning boshqa vakillari esa badiiy gimnastikachilarimizning bazasida bo‘lishdi. Qayd etish joiz, ular Rossiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan davrlarida “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanishgan edi. Shu bois, tekshiruv davomida sportchi qizlarimiz, murabbiy, shifokor va massajchilarning salomatligi nazoratdan o‘tkazildi.

Yakuniy xulosalarga ko‘ra, hech bir atletimizning salomatligida jiddiy kamchiliklar aniqlanmagan.

Text to speech