27 Mart 2023 834

Nurjan Tuyakbaev Jahon kubogining finalida ishtirok etadi

4-6-aprel kunlari AQShning Nebraska shtati, Omaxa shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogining final bosqichi boʻlib oʻtadi. Eʼtiborlisi, dunyoning 19 mamlakatidan 41 nafar chavandoz ishtirok etadigan mazkur musobaqada hamyurtimiz Nurjan Tuyakbayev ham qatnashadi.

Sportchimiz oʻtgan yili 11 mamlakat vakillari oʻrtasida Yevrosiyo mintaqasida kechgan saralash bahslarida eng yuqori ball jamgʻarib, ushbu nufuzli turnirga yoʻl olgan. Eʼtiborlisi, oʻshanda ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni terma jamoamizning boshqa vakillari Bekzod Qurbonov va Umid Kamilov egallagan edi.

Ayni paytda Tuyakbayev boʻlajak musobaqaga soʻnggi tayyorgarlikni olib bormoqda. Hamyurtimiz bellashuvlarda “Lanselotta” laqabli otida ishtirok etadi. Yana bir ahamiyatli tomoni, bu oʻzbek chavandozining oʻz tulpori bilan ilk bor okean ortida oʻtadigan musobaqada ishtirok etishi boʻladi.

Text to speech