21 Mart 2023 990

Gretsiyada badiiy gimnastika bo’yicha Jahon kubogining birinchi bosqichi o’z yakuniga yetdi

Unda ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova kumush medalni qo’lga kiritdi.

Hamyurtimiz ushbu muvaffaqiyatiga bulavada bajargan dasturida erishdi. Uning chiqishi hakamlar tomonidan 31.700 ball bilan baholandi. Shuningdek, Ikromova mazkur turnir doirasida to’pdagi mashqlarda beshinchi, xalqa bilan chiqishda esa yettinchi natijani qayd etdi.

1. Margarita Kolosov (Germaniya) - 31.800
2. Taxmina Ikromova (O’zbekiston) - 31.700
3. Eljana Taniyeva (Qozog’iston) - 31.550

Text to speech