1 May 2021 3575

Ravshan Irmatov Qashqadaryo safarida jismoniy tarbiya va sport targ‘ibotini kuchaytirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Yurtimizning chekka hududlari va qishloqlarida jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish ishlarini yana-da jadallashtirish hamda futbolni yana-da rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi, viloyat futbol assotsiyasiyasi hamda viloyatdagi sport taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi. Yig‘ilish Qashqadaryo viloyatining barcha tumanlarida uyushmagan va “temir daftar”ga kiritilgan yoshlar, mehnat muhojirlari (migrant) va havaskorlar o‘rtasida sportning futbol va mini-futbol turi buyicha musobaqalarni tashkil etishga bag‘ishlandi.

Ravshan Irmatov yig‘ilish davomida viloyat Turizm va sport boshqarmasi mutasaddilariga 16 sport turi bo‘yicha musobaqalarni tizimli tashkil etish va yuqori saviyada o‘tkazish yuzasidan bir qator vazifalarni belgilab berdi.

Yig‘ilishdan so‘ng, R.Irmatov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyati Olimpiya zahiralari kolleji, viloyat Bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi (futbol mahorat maktabi)da bo‘lib, yaqinda ushbu shaharda foydalanishga topshirilgan boks zali va ushbu maskanlarda tahsil olayotgan yosh futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, muassasada shug‘ullanayotgan yosh futbolchilarga hamda faoliyat yuritayotgan trener va soha mutaxassislariga o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, ishchi guruh aʼzolari Qarshi shahridagi “Geolog” markaziy o‘yingohida viloyatdagi futbol maktablari, futbol akademiyalari tarbiyalanuvchilari hamda “Nasaf” va “Sevinch” professional futbol klublarining taniqli futbolchilari va murabbiylari ishtirokida o‘tkazilayotgan festivalga tashrif buyurib, kelajagimiz egalari bo‘lmish yosh futbolchilar bilan davra suhbatlarini o‘tkazishdi.

Taʼkidlash joiz, ishchi guruhning tashrifi davom etadi.

Text to speech