15 Mart 2023 1341

Marokashga boradigan futbolchilarimiz tarkibi aniq

Xabaringiz bor, futbol bo'yicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Marokashda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini o'tkazadi. Jamoamiz yigʻin doirasida Togo, Kot-d’Ivuar va Marokash U-23 terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Bosh murabbiy Timur Kapadze mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxatini ma’lum qildi. Qayd etish kerak, terma jamoaning bir qator futbolchilari yigʻin oldidan Superliga uchrashuvida maydonga tushadilar. Shu sababli, yakuniy roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Text to speech