14 Mart 2023 927

Xokkeychilarimiz yakka peshqadamga aylanishdi

Moʻgʻulistonda oʻtayotgan yoshlar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi yana bir gʻalabani qoʻlga kiritdi. Bu gal hamyurtlarimiz musobaqa mezbonlariga qarshi bahs olib borib, 7:4 hisobida muvaffaqiyatga erishishdi. Qayd etish joiz, ushbu oʻyindan soʻng xokkeychilarimiz turnir jadvalida 9 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylanib olishdi. 4-tur oʻyini ertaga Tailandga qarshi oʻtkaziladi. Agar ushbu bahsda ham yurtdoshlarimiz g’alaba qozonishsa, chempionat g’olibligini muddatidan avval rasmiylashtirishadi.

3-tur: Moʻgʻuliston 4 – 7 Oʻzbekiston 

15.03.2023
4-tur: Oʻzbekiston – Tailand

Text to speech