14 Mart 2023 849

Gruziyada kurashadigan dzyudochilarimiz tarkibi aniq

24-26-mart kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa bo‘lib o‘tadi. Jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun yirik ochkolar o‘ynaladigan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Murabbiylar shtabi musobaqa uchun 12 nafar sportchini saralab olgan. Xususan, erkaklar terma jamoamiz turnirda zaxira tarkib bilan qatnashadi.

Erkaklar:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-60 kg: Doston Ro‘ziyev
-66 kg: Manuchehr Shirinov
-73 kg: Shahram Ahadov
-73 kg: Obidxon Noʻmonov
-81 kg: Muso Sobirov
-81 kg: Hikmatilloh To‘rayev
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov
-100 kg: Muhammadqodir Mansurov
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov

Ayollar:
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova

Text to speech