14 Mart 2023 869

Chavandozimiz Navro'z Olimpiadasida kumush medalni qo'lga kiritdi

Tehron shahri (Eron) mezbonlik qilayotgan 1-xalqaro Navroʻz Olimpiadasida oʻzbekistonlik sportchilar yana shohsupaga koʻtarilishdi. Ot sportining konkur yoʻnalishida ishtirok etgan hamyurtimiz Soʻgʻdiyona Abdullayeva kumush medalga sazovor boʻldi.

Sportchimiz 80 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash bellashuvida ikkinchi natijani qayd etdi. Shuningdek, balandligi 120 smni tashkil etgan toʻsiqlardan sakrash yoʻnalishida Sofiya Li kuchli oʻnlikdan oʻrin oldi.

Text to speech