27 Fevral 2023 2682

Bokschilarimiz “Stranja” turnirini 18 ta medal bilan yakunlashdi

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha “Kichik jahon chempionati” nomini olgan “Stranja” turniri yakunlandi. 74-bor tashkil etilgan ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 18 ta medal jamg‘arishga erishdi. G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oltin medal:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-63.5 kg: Mujbillo Tursunov
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-71 kg: Saidjamshid Ja’farov
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
+92 kg: Bahodir Jalolov

Kumush medal:
-54 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg: Adhamjon Muhiddinov
-63.5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Begzod Hamidov
-48 kg: Saidaxon Rahmonova

Bronza medal:
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63 kg: Xadichabonu Abdullayeva
-71 kg: Nurislom Ismoilov
-75 kg: Havasbek Asadullayev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu natija bilan O‘zbekiston boks federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni samimiy qutlaydi.

Text to speech