4 Iyun 2020 2281

10-onlayn uchrashuv. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Iliq uchrashuvlarimiz davom etadi!

Do'stlar! Sizga Milliy Olimpiya qo'mitasi jamoasining 10-onlayn uchrashuvidan videoni havola etamiz.

Onlayn uchrashuv go'zal va betakror bayram – xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlandi. Bu safar MOQ xodimlari farzandlari, nevara va jiyanlari bilan ishtirok etishdi.

Uchrashuv ushbu ajoyib bayramning tashkil topishi tarixi muhokama qilindi, bolalar esa bayram uchun tayyorlagan maxsus ijodiy dasturlarini namoyish etishdi. Kimdir she'r aytib berdi, yana biri qiziqarli chiqishlar namoyish etdi, raqs tushganlar ham bo'ldi.
Uchrashuvda yosh iste'dod egalari nafaqat o'zbek va rus, balki qoraqalpoq tilida ham she'rlar o'qib berdilar.

Uchrashuv yakunida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Shaabduraxmanov Rustam Mavzurovich so'zga chiqib, barcha bolalarni yana bir bor bayram bilan qutladi va bolalarga chiqishlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Milliy Olimpiya qo'mitasi barchani bundan keyin ham doimiy ishlashni, sog'lig'ini mustahkamlab borishni va jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarishni tavsiya qiladi.
Birgalikda barchasini yengib o'tamiz!

Text to speech