FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
10 Iyun 2020 5854

Og'ir atletikachilarimiz tibbiy ko'rikda

Xabar berganimizdek, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida (RSTIAM) Olimpiya sport turlari bo'yicha barcha terma jamoamiz vakillari belgilangan grafik asosida bir necha bosqichdan iborat tibbiy tekshiruvdan o'tishmoqda. Tekshiruvlar, avvalo, COVID-19 uchun tahlillar, shuningdek, chuqurlashtirilgan tibbiy va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha olib borilmoqda.

Bugun ham boshqa sport turlari kabi og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari Rstiamda bo'lishdi. Quvonarlisi, asosiy terma jamoamiz vakillarining hech birida xavfli kasallik alomatlari aniqlangani yo'q. Og'ir atletikachilarimiz ham mamlakatimizda karantin e'lon qilingach bir necha hafta o'z uylarida mashg'ulot olib borishdi. Ushbu tekshiruv orqali terma jamoa murabbiylari va shifokorlari ham sportchilarning funktsional holatidagi o'zgarishlar bo'yicha etarli ma'lumotga ega bo'lishdi.

Ta'kidlash joiz, bugungi xulosa terma jamoa mutasaddilariga karantindan so'ng yil yakunigacha atletlarning tayyorgarligiga oid kerakli dasturni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech