7 Fevral 2023 846

Jahon sportida nima gap?

  • Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi zilzila natijasida zarar ko‘rgan Turkiya va Suriyaga yordam beradi. Bu haqida tashkilot rahbari Tomas Bax ma’lum qildi.

  • Milliy xokkey ligasi mutasaddilari xokkeychilarning 2026 yil Milan va Kortina d’Ampetsso shaharlarida o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

  • Kanvon-2024 qishki o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi musobaqa medallari uchun dizaynlar konkursini e’lon qildi.

  • Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) va Qozog‘iston dzyudo federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, 2023-2026 yillar davomida Astana yoki Almati shaharlarida “Katta dubulg‘a” tasnifiga kiruvchi musobaqalar o‘tkaziladi.
Text to speech