7 Fevral 2023 1381

Yosh kurashchilarimiz zilzila oʻchogʻidan olib chiqildi

Turkiyaning Kaxramanmarash shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etgan sport kurashlari boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Anqara shahriga olib kelindi. Oʻzbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi koʻmagi bilan amalga oshirilgan jarayon muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Hozirda barcha hamyurtlarimizning salomatligi yaxshi. Rejaga muvofiq, ular dastavval Turkiya poytaxtidan Istanbul shahriga yoʻl olishadi va u yerdan Toshkentga qaytib kelishadi. Xabar berganimizdek, kecha Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Bosh kotibi Shuhrat Mamadaliyev hamyurtlarimizni mamlakatimizga olib kelish uchun Istanbulga joʻnab ketgan edi. Bugun u delegatsiyamizga qoʻshilib, sportchi va murabbiylarimizning Toshkentga qaytib kelish jarayoniga boshchilik qiladi.

Text to speech