6 Fevral 2023 1243

Parij “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng dzyudochilarning reytingiga nazar tashlaymiz

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Fransiya poytaxtida yakuniga yetgan “Katta dubulg‘a” turniridan so‘ng sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Ahamiyatlisi, musobaqada beshinchi o‘rinni o‘rinni egallagan Sardor Nurillayev -66 vazn toifasidagi litsenzion hududga kirdi. Parijda shohsupaga ko‘tarilgan Alisher Yusupov (+100 kg) o‘z o‘rnini mustahkamlab olgan bo‘lsa, Kamoliddin Baxtiyorov (-60 kg) Olimpiadaga yo‘llanma beradigan zonaga yaqinlashib oldi. Batafsil:

-60 kg:
1. Li Xarim (Janubiy Koreya) – 1936 ochko
18. Dilshodbek Baratov – 634

-66 kg:
1. Denis Viyeru (Moldova) – 1936 ochko
15. Muhriddin Tilovov – 664
26. Sardor Nurillayev – 519

-73 kg:
1. Daniel Kargnin (Braziliya) – 1980 ochko
5. Shahram Ahadov– 1340
8. Obidxon No’monov – 1104
11. Murodjon Yo‘ldoshev – 870

-90 kg:
1. Davlat Bobonov – 1674 ochko

-100 kg:
1. Iliya Sulamanidze (Gruziya) – 1935 ochko
6. Muzaffarbek To‘raboyev – 1274

+100 kg:
1. Temur Rahimov (Tojikiston) – 1740 ochko
3. Alisher Yusupov – 1310
14. Shohruh Baxtiyorov – 790

Ayollar:

-48 kg:
1. Abiba Abujakinova (Qozog‘iston) – 1924 ochko
38. Halimajon Qurbonova – 317 (qit’aviy kvota)

-52 kg:
1. Distriya Krasnichi (Kosovo) – 2145 ochko
3. Diyora Keldiyorova – 1744
24. Sita Qadamboyeva – 476

-70 kg:
1. Barbara Matich (Xorvatiya) – 2014 ochko
19. Gulnoza Matniyazova – 610

Eslatma:
– Bu Olimpiada reytinining bugungi holati. Tizim 2024-yilning 23-iyun kuni yopiladi;
– Jadvalda reyting yetakchisi, litsenzion hududdan joy olgan yoki qit’aviy kvotaga ega dzyudochilarimiz keltirilgan;
– Bir vaznda ikki yoki undan ko‘p sportchi litsenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra tanlanadi.

Text to speech