6 Fevral 2023 1069

Velosportchilarimizdan yana bir g‘alaba

Turkiyada veloshosse bo‘yicha “GRAND Prix Apollon Temple” poygasi bo‘lib o‘tdi. 85 km masofani tashkil etgan ushbu start O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Finish arafasida boshqalardan ilgarlab ketgan 3 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Ahamiyatlisi, ularning 2 nafari hamyurtimiz edi. Yakunda Sevinch Yo‘ldosheva birinchi, Yekaterina Knebeleva esa ikkinchi bo‘lib marra chizig‘ini kesib o‘tishdi. Qozog‘istonlik Faina Potapova kuchli uchlikni yakunlab berdi. Ahamiyatlisi, ushbu natija orqali kuchli o‘nlikda kelgan sportchilarimiz Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida qimmatli reyting ochkolariga ega bo‘lishdi. Batafsil:

GRAND Prix Apollon Temple, 85 km:
1. Sevinch Yo‘ldosheva (O‘zbekiston) – 40 (ochko)
2. Yekaterina Knebeleva (O‘zbekiston) – 30
3. Faina Potapova (Qozog‘iston) – 25
4. Sofiya Karimova (O‘zbekiston) – 20
6. Nafosat Qo‘ziyeva (O‘zbekiston) – 10
8. Mohinabonu Elmurodova (O‘zbekiston) – 3

Text to speech