6 Fevral 2023 1019

Kurashchilarimiz Zagreb turnirida ikkita medalga sazovor boʻlishdi

1-5-fevral kunlari Xorvatiya poytaxtida sport kurashlari boʻyicha “Zagreb Open” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi. Ushbu sport turida dunyoning eng kuchli polvonlarini jamlagan turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi ham medallar uchun kurash olib bordi. Hamyurtlarimiz musobaqada yunon-rum va ayollar kurashi dasturlarida ishtirok etishdi.

Murosasiz bahslar yakunida “klassik” kurashchilarimiz 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi. -55 kg vaznda qatnashgan Ixtiyor Botirov shohsupaning ikkinchi pogʻonasiga koʻtarilgan boʻlsa, Jamol Jumaboyev -72 kg vazn toifasidagi bahslarda kuchli uchlikdan joy oldi.

Text to speech