6 Fevral 2023 1185

Sablyachi yigitlarimiz Jahon kubogida ikkinchi boʻlishdi

Bolgariyaning Plovdiv shahrida qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqa yakuniga koʻra jahon reytingida ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi.

Yigitlarimiz jamoaviy dasturning saralash bosqichlarida Buyuk Britaniya, Ruminiya, yarim finalda Misr termasini magʻlubiyatga uchratdi. Murosasiz kechgan final bellashuvida Fransiya termasiga 42:45 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻyishdi va kumush medal bilan taqdirlandilar.

Qizlarimiz kuchli sakkizlikdan joy olishdi. Yigitlarimizning mazkur natijasi jahon reytingi uchun jamoamizga 52 ochko taqdim etdi. Bu esa musobaqadan soʻng ikkinchi oʻringa koʻtarilib olishimizni taʼminlamoqda.

Text to speech