5 Fevral 2023 870

Fujairah Open-2023: Taekvondochilarimizdan sermahsul natija

BAAda "Fujairah Open-2023" musobaqasi boshlandi. Dastlabki kunda kattalar toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 6 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza jami 9 ta medalini qo‘lga kiritdi. Kutilganidek, terma jamoa yetakchilari oltin medallarga sazovor bo’lishdi. Bugun shohsupaga ko’tarilgan sportchilar:

Oltin medal:
-49 kg: Madinabonu Mannopova
-67 kg: Feruza Sadikova
+73 kg: Svetlana Osipova
-54 kg: Omonjon Otajonov
-74 kg: Ulug‘bek Rashitov
-87 kg: Nikita Rafalovich

Kumush medal:
-68 kg: Najmiddin Qosimxo‘jayev
-62 kg: Ozoda Sobirjonova

Bronza medal:
-63 kg: Niyaz Po‘latov

Text to speech