13 Iyun 2020 2533

Onlayn mashg'ulot: O'zbekiston qilichbozlik federasiyasi

Onlayn-mashg'ulotlarimiz davom etmoqda!

Bugun sizlarga O'zbekiston qilichbozlik federasiyasi va Milliy Olimpiya qo'mitasining birgalikdagi mashg'ulotidan videohisobotni taqdim etamiz.

Mashg'ulotni sportchi A.Sobirov chigalyozdi mashqlari bilan boshlab berdi. Birozdan so'ng Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Shaabduraxmonov R.M. sportchilar safiga qo'shildi. U barcha sportchi va murabbiylarga hozirgi murakkab vaziyatda ham shug'ullanishni tashlab qo'ymagani uchun minnatdorchilik bildirdi va tez orada xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda odatdagi sharoitda mashg'ulotlarni qayta tiklash rejalashtirilayotganligini aytdi. Shundan so'ng chigalyozdi mashqlari davom ettirildi.

Keyin mashg'ulotni davom ettirish "estafetasi" sablya bo'yicha murabbiy Martin Kamadjievga topshirildi. Mashg'ulotning ushbu qismida sportchilar qilichbozlik ko'nikmalarini yuqori darajada namoyon etishdi.

Mashqlar yakuniy bosqichini sablya bo'yicha murabbiy V. Nazlimov olib bordi. U ba'zi mashqlarni yanada faol shaklda bajarish kerakligini ko'rsatib, salomatlik uchun foydali bo'ladigan ba'zi mashg'ulotlar haqida aytib berdi.

Text to speech