1 Fevral 2023 1231

Merganlarimiz Jahon kubogini 1 tadan oltin va kumush medallari bilan yakunlashdi

Oʻq otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Indoneziyada oʻtayotgan Jahon kubogidagi ishtirokini yakunladi. Bugun hamyurtlarimiz oʻzlari qatnashgan soʻnggi dasturda shohsupaga koʻtarilishdi.

Ayollar oʻrtasida 10 metrga pnevmatik toʻpponchadan otish dasturida kechgan jamoaviy bahsda qizlarimiz munosib ishtirok etishdi. Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan Alina Tarasova, Nigina Saidqulova, Sitora Ergashboyevadan iborat trio finalda ham ishonchli harakati bilan oltin medal uchun kurashish bosqichigacha yetib keldi. Biroq hal qiluvchi pallada hamyurtlarimiz koreyalik raqibalariga 9:17 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻyishdi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqani 1 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan yakunlamoqda. Eslatib oʻtamiz, kuni kecha erkaklar oʻrtasida 10 metrga pnevmatik toʻpponchadan otish dasturida Muhammad Kamalov oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.

Text to speech