1 Fevral 2023 1157

Parij “Katta dubulg‘a” turnirida qatnashadigan tarkibimiz aniq

4-5-fevral kunlari Fransiya poytaxti dzyudo bo‘yicha yilning ilk “Katta dubulg‘a” turniriga mezbonlik qiladi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mazkur turnirda ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, jahon chempionlari Davlat Bobonov, Muzaffarbek To‘raboyev va yana 6 nafar hamyurtimiz ushbu turnirda yurtimiz sharafini himoya qiladi. To‘liq tarkib quyidagicha:

-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Sardor Nurillayev
-66 kg: Bobur Vadjiyev
-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 Muzaffarbek To‘raboyev
+100 kg: Alisher Yusupov
+100 kg: Shohruh Baxtiyorov

Text to speech