30 Yanvar 2023 886

Jizzaxda BMX hakamlari uchun seminar o’tkazildi

Jizzaxda velosportning ВMX yoʻnalishi boʻyicha “UCI BMX Elite National Commisaire” hakamlar seminari oʻtkazildi. 26-29-yanvar kunlari tashkil etilgan kursda 9 davlatdan 16 nafar hakam ishtirok etdi.

Darslar Xalqaro velosportchilar ittifoqi tomonidan yuborilgan ekspertlar Ma Vai (Kanada) hamda Makkon Norm (Shveysariya) tomonidan oʻtkazildi. Yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshira olgan ushbu mutaxassislar kelgusida xalqaro musobaqalarda ishlash imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Text to speech