28 Yanvar 2023 1316

Ikkinchi kun, ikkinchi oltin!

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Obidxon Noʻmonov Almada Gran-prisi chempioniga aylandi. -73 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratdi.

Chempionlik bahsi qozogʻistonlik Jansay Smagulovga qarshi kechdi. Oʻzining faol harakatlari bilan ajralib turgan Noʻmonov dastlab vazari, soʻng ippon bahosini qoʻlga kiritib, faoliyatida Gran-pri turnirlaridagi ilk oltin medalga ega chiqdi.

Eslatib oʻtamiz, kechagi bellashuvlarda Muhriddin Tilovov -66 kg vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritgan edi.

Text to speech