26 Yanvar 2023 2226

Yosh bokschilarimiz qit’ada hamon tengsiz ekanliklarini ko‘rsatishdi

Tailandda boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. O‘zbek boksi qit’amizda yetakchi ekanini namoyish qilgan yigitlarimiz 9 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bugun finalda jang qilgan 10 nafar yigitimizdan 9 tasi g‘alaba qozonib, chempionatga chiroyi yakun yasab berishdi. Shubhasiz, bu umumjamoa hisobidagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar:

Oltin medal:
-60 kg: Dilshod Abdumurodov
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev
-67 kg: Bekzod Hamidov
-71 kg: Nurislom Ismoilov
-75 kg: A’loxon Abdullayev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg: Nusrat Tohirov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Kumush medal:
-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev

Bronza medal:
-51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov

Eslatib o‘tamiz, kecha qizlar o‘rtasidagi bahslarda ham 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa o‘rtasida birinchilikni qo‘lga kiritgan edik. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu ajoyib natija bilan O‘zbekiston boks federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni samimiy qutlaydi.

Text to speech