25 Yanvar 2023 1102

Bokschi qizlarimiz Osiyo chempionatini birinchi o‘rinda yakunlashdi!

Tailandda o‘tayotgan boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionatida qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar nihoyasiga yetdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, chempionlikni munosib himoya qildi. Bugun o‘tkazilgan final janglarida 5 nafar hamyurtimiz oltin medalga sazovor bo‘ldi. G‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oltin medal:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Boboqulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-66 kg: Navbahor Hamidova

Kumush medal:
-57 kg: Sitora Turdibekova
-70 kg: Aziza Zokirova
-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova

Bronza medal:
-63 kg: Ziyoda Yarasheva
-81 kg: Sahobat Husanova

Ertaga yigitlar o‘rtasidagi final janglari o‘tkaziladi. Unda 10 nafar hamyurtimiz chempionlik uchun bahs olib borishadi. Bo‘lajak bellashuvlarda hamyurtlarimizga omad va zafarlar tilaymiz!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech