24 Yanvar 2023 868

Beshkurashchilarimiz Chirchiq yig‘inida

Zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkent viloyatida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. 22 yanvar kuni boshlangan yig‘in 12 fevralga qadar davom etadi. Mashg‘ulotlar O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda “Bo‘ston” sihatgohida bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy mavsumning muhim musobaqalari oldidan sportchilarning puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Tog‘ning toza havosi va qulay sharoitlar sabab jismoniy yuklamalardan so‘ng sportchilarning tiklanish jarayoni oson kechmoqda. Yig‘in davomida atletlarning kerakli vaqtda mashg‘ulot o‘tkazish va hordiq chiqarishlariga ham ahamiyat qaratilmoqda. Shubhasiz, bular kelajakda ularning yuqori natija qayd etishlariga yordam beradi.

Text to speech