24 Yanvar 2023 255

Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida eng ko‘p finalchi bizdan

Bangkokda o‘tayotgan boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionatida bugun dam olish kuni. Reglamentga ko‘ra, 25-yanvar kuni ayollar, 26-yanvar sanasida erkaklar o‘rtasidagi final janglari bo‘lib o‘tadi. Shunday ekan, hozir qaysi terma jamoadan eng ko‘p bokschi finalga yo‘l olganiga nazar tashlashning ayni fursati.

Erkaklar vaznida 10, ayollar toifasida 8 nafar bokschi bilan finalga yetib kelgan O‘zbekiston terma jamoasi, shubhasiz bu borada katta farq bilan yetakchilik qilmoqda. Keling, bu boradagi ko‘rsatkichlar bilan batafsil tanishamiz:

Eng ko‘p finalchi (umumiy):
O‘zbekiston: 18 nafar finalchi
Qozog‘iston: 8
Tailand: 7
Mo‘g‘uliston: 5
Xitoy: 4
Filippin: 2
Kambodja, Indoneziya, Nepal, Vetnam: 1 nafardan

Ayollar:
O‘zbekiston: 8
Mo‘g‘uliston, Tailand: - 4
Xitoy, Qozog‘iston: 2
Nepal, Vetnam: 1

Erkaklar:
O‘zbekiston: 10
Qozog‘iston: 6
Tailand: 3
Xitoy, Filippin: 2
Kambodja, Indoneziya, Mo‘g‘uliston: 1

Chempionat yigitlar o‘rtasida 13 ta, qizlar o‘rtasida esa 11 ta vazn toifasida o‘tkazilmoqda;

Bahslarda umumiy hisobda 149 nafar bokschi jang qildi (shulardan 54 nafari qizlar, 95 nafari yigitlar);

Musobaqada qit’amizning 20 mamlakatidan bokschilar ishtirok etishmoqda: Kambodja, Xitoy, Indoneziya, Iroq, Qozog‘iston, Quvayt, Qirg‘iziston, Laos, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Nepal, Pokiston, Filippin, Saudiya Arabistoni, Singapur, Shri-Lanka, Tojikiston, Tailand, O‘zbekiston, Vetnam.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech