23 Yanvar 2023 892

Peruda yosh sablyachilarimizdan oltin “dubl”

Yakuniga yetgan haftada turli shaharlarda qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, Peru mezbonlik qilgan yigitlar o‘rtasidagi sablya dasturida terma jamoamiz vakillari ham yakkalik, ham jamoaviy yo‘nalishda g‘alaba qozonishdi.

Shaxsiy birinchilikda Musa Aymuratov barcha raqiblarini katta ustunlik bilan dog‘da qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur dasturda Islombek Abdazov va Azizbek Dauletnazarov bronza medallariga ega chiqishdi. Ushbu trioga qo‘shilgan Zuhriddin Qodirov jamoaviy dasturda oltin medal qo‘lga kiritilishida katta hissa qo‘shdi.

Shpagachi qizlarimiz Isroil, yigitlarimiz Bahraynda o‘tgan bosqichda yakkalik bellashuvida chorak finalgacha yetib borishdi. Jamoaviy dasturda finalda mezbonlarga imkoniyatni boy bergan qizlarimiz kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsalar, yigitlarimiz musobaqani kuchli to‘rtlikda yakunlashdi.

Text to speech