16 Aprel 2021 2327

Abdujabbor Abduvohidov xalqaro kurash assosiasiyasiga vise-prezident etib saylandi

Bugun Termiz shahrida xalqaro kurash assosiasiyasi (XKA) Ijroiya qo'mitasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni XKA prezidenti Haydar Farmon olib bordi. Unda Osiyo, Afrika, Evropa hamda Panamerika konfederasiyalari vise-prezidentlari, O'zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining o'rinbosari Avazjon Karimov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston futbol assosiasiyasi raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, shuningdek, XKA Ijroiya qo'mitasi a'zolari ishtirok etishdi.

Text to speech