5 Dekabr 2022 1120

Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz

Bugun Kolumbiyaning Bogota shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati start oladi. Musobaqa Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘lida katta reyting ochkolarini taqdim qiladi. Shu bois, unda barcha terma jamoalar asosiy tarkibi bilan qatnashmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekiston terma jamoasining ishtirokiga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim qilamiz:

Chempionatda 93 davlatdan 537 nafar sportchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Xususan, O‘zbekiston terma jamoasi 10 nafar (7 nafar erkak va 3 nafar ayol) atlet bilan qatnashadi. Qayd etish joiz, dastavval tarkibga 11 nafar sportchi jalb etilgan edi. Biroq -89 kg vazn toifasida ishtirok etishi kutilgan Sarvarbek Zafarjonov jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘la olmadi. Shu bois u Turkiya yig‘inidan so‘ng Toshkentga qaytadigan bo‘ldi. Jamoa esa bir necha soat avval Istanbuldan Bogotaga yo‘l oldi. Musobaqada qatnashadigan sportchilarimizning to‘liq tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi:

-67 kg: Adhamjon Ergashev (“A” guruhi)
-67 kg: Doston Yoqubov (“A” guruhi)
-81 kg: Og‘abek To‘xtayev (“В” guruhi)
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (“A” guruhi)
-102 kg: Sharofiddin Amriddinov (“В” guruhi)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (“A” guruhi)
+109 kg: Akbar Jo‘rayev (“A” guruhi)
-55 kg: Nigora Abdullayeva (“A” guruhi)
-81 kg: Rigina Adashbayeva (“В” guruhi)
-87 kg: Tursunoy Jabborova (“A” guruhi)

Chempionat davomida har bir atletimizning chiqishi katta qiziqish bilan kuzatib borilishi aniq. Siz ham hamyurtlarimizning ishtirokiga qiziqayotgan bo‘lsangiz, ushbu ma’lumotlar orqali ular qatnashadigan vaqtni belgilab oling:

8 dekabr: Nigora Abdullayeva (05:00, Toshkent vaqti bilan)
10 dekabr: Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov (02:30)
11 dekabr: Og‘abek To‘xtayev (21:30),
12 dekabr: Muhammadqodir Toshtemirov (02:30)
13 dekabr: Sharofiddin Amriddinov ( 21:30)
15 dekabr: Rigina Adashbayeva (02:00)
15 dekabr: Tursunoy Jabborova (05:00)
16 dekabr: Ruslan Nurudinov (05:00)
17 dekabr: Akbar Jo‘rayev (02:30)

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mas’uliyatli musobaqa davomida terma jamoamizning barcha vakillariga omad va g‘alabalar tilaydi.

Text to speech