5 Dekabr 2022 1052

G'ayrat Nazarov faxriylar o'rtasida mutlaq chempion

Rossiyaning Moskva shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “Maxsima Masters-2022” musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Unda faxriylar oʻrtasida Gʻayrat Nazarov, bolalar toifasida Bobur Valijonov yurtimiz sharafini himoya qilishdi.

Quvonarlisi, mavsum yakuniga koʻra, Gʻayrat Nazarov oʻz yoʻnalishida musobaqaning mutlaq gʻolibi deb topildi. Uzoq yillar yurtimizda ot sporti rivoji uchun ulkan hissa qoʻshgan chavandozimizni qoʻlga kiritgan mazkur muvaffaqiyati bilan qutlab, unga kelgusida ham omad va zafarlar tilaymiz.

Text to speech