5 Dekabr 2022 1005

Dzyudochilarimiz Tokioga joʻnab ketishdi

3-4-dekabr kunlari Yaponiya poytaxtida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi musobaqa boʻlib oʻtdi. Bugundan Tokio shahrida koʻplab terma jamoalar ishtirokida xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻini boshlanadi. 

Maʼlum qilganimizdek, unda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Ilias Iliadis boshchiligidagi jamoa tongda kun chiqar yurt tomon yoʻl oldi. Yigʻin 16-dekabrga qadar davom etadi. Ushbu tayyorgarlik 20-22-dekabr kunlari Isroilda oʻtadigan Masters musobaqasiga qaratilgan. Tokioga yoʻl olgan tarkib quyidagicha:

Erkaklar: Dilshodbek Baratov, Sardor Nurillayev, Shahram Ahadov, Obidxon Noʻmonov, Murodjon Yoʻldoshev, Sharofiddin Boltaboyev, Davlat Bobonov, Muzaffarbek Toʻraboyev, Otabek Toʻraboyev, Alisher Yusupov, Shohruh Baxtiyorov

Ayollar: Diyora Keldiyorova, Sita Kadamboyeva, Shukurjon Aminova, Gulnoza Matniyazova, Irisxon Qurbonboyeva, Shohista Nazarova.

Text to speech