4 Dekabr 2022 1120

Eshkak eshuvchilarimiz qit’a chempionatini 10 ta medal bilan yakunlashdi

Tailandda akademik eshkak eshish bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi. Bugun musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlarida ham O‘zbekiston terma jamoasi vakillari bir qator dasturlarda g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Kun davomida sportchilarimiz 4 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.

 Kumush medal:
LM2X: Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safaraliyev
M2: Shehroz Hakimov va Dilshodjon Xudoyberdiyev
M4X: Davrjon Davronov, Mehrojbek Mamatqulov, Abdullo Muhammadiyev, Shahboz Xolmurzayev
JM4X U19: Behruz Safarov, Samandar Hamroqulov, Muhammad Toliboyev, Lazizbek Abdurashidov

 Bronza medal:
JM2 U19: Ramizjon Mustafoyev va Jonibek Mamadaliyev

Shu tariqa, hamyurtlarimiz musobaqa davomida 1 ta oltin, 6 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston Rowing&Canoe federatsiyasi hamda terma jamoamiz vakillarini ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaydi.

Text to speech